Ilm-fan
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Taʼlim-fan jamoatchilik kengashining ilk yigʻilishi oʻtkazildi. Unda oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim hamda ilm-fanga oid islohotlarga befarq boʻlmagan tashabbuskor fuqarolardan tarkib topgan kengash aʼzolari, kengash tomonidan tashkil etilishi kutilayotgan ishchi guruhlari hamda vazirlik Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etdi.
Tadbir davomida vazir Ibrohim Abdurahmonov soʻzga chiqib, kengash necha kishidan iborat ekanligi, asosiy tarkibga kimlar kirgani haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra, 1 200 nafarga yaqin nomzodlar ichidan 303 nafari tanlab olingan hamda ularning 17 nafari ochiq ovoz berish yoʻli orqali asosiy tarkibga saylangan.
“Biz tizimda yana 5-4 yil tajriba qilishdan yiroqmiz. Shuning uchun 303 nafar mutaxassislardan iborat bu «komanda”dan umidimiz katta. Ular takliflar tayyorlasa va Jamoatchilik kengashimiz bilan birgalikda muhokama qilib, lozim topilib, vazirlikka kiritilsa, biz takliflarni inobatga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritishimiz mumkin», dedi Ibrohim Abdurahmonov.
Shuningdek vazirning qayd etishicha, mazkur kengash ilmiy yoʻnalishda ham oʻz tanqid va takliflarini bildirishi lozim.
“Mazkur kengash faqatgina taʼlim yoʻnalishi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Sababi bizda ilmiy faoliyat ham mavjud. Bilamiz, juda koʻp kamchiliklarimiz bor. Savollar tugʻilmoqda ilmiy faoliyatni moliyalashtirish qanchalik natijador, deb. Tanganing ikki tarafi bor. Natijador qilaman deb mahkam ushlab oʻtirsangiz, mablagʻ bermasangiz baribir boʻlmaydi. Lekin mablagʻ bersakda, ertaga natija boʻlmasa, unga ham javob berasiz. Shuni oltin oʻrtaligini topish juda qiyin. Natija bir yildayoq boʻlmasligini hamma biladi, tushunadi. Lekin iqtisodiy va rivojlanish jihatidan tartib-intizom boʻlmasa, maqsad aniq qoʻyilmasa boʻlmaydi. Lekin intizom talab qilaman desangiz, bu ham xato. Hammaga bir xil intizom, bir xil tartib toʻgʻri kelmaydi. Shu sabab oltin oʻrtalikni topishda Taʼlim-fan jamoatchilik kengashining yordami kerak”, dedi u.
Ibrohim Abdurahmonov soʻnggi vaqtlarda muhokamalarga sabab boʻlgan magistratura va doktoranturaga qabulda talab qilinayotgan xorijiy tilni bilish sertifikatiga ham toʻxtalib oʻtdi. Vazirning fikricha mazkur qaror toʻp-toʻgʻri, faqatgina mexanizm mavjud emas.
“Biz doktorantlarga xorijiy tilni bilish talabini qoʻydik. Xoʻsh, bu qaror notoʻgʻrimi? Yoʻq, bu qaror haqiqat. Bu talabni qoʻyishimiz kerak edi. Lekin biz juda ham katta toʻfonga duch keldik. Demak bu qarorni qandaydir mexanizmlar orqali amalga oshirish kerak edi. Jamoamiz bilan endilikda bu kabi holatga eʼtiborli boʻlamiz”, dedi vazir.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q