Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi

Saqlash
11:11 / 18.11.2021 887 0

Ayni paytda “Xalqlar do‘stligi” maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va tegishli vazirliklar hamkorligida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o‘tkazilmoqda.

 

 

 

Unda davlat va jamoat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at nomoyandalari, sportchilar, harbiylar, Milliy gvardiya otliq qismlari, faol yoshlar, OAV vakillari va keng aholi ishtirok etyapti.

 

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 30 yilligi munosabati bilan bir guruh ziyolilar, ma’rifat targ‘ibotchilari “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, tadbirda vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, Milliy gvardiya qo‘shinlari ishtirokida xarbiy chiqishlar namoyish etilmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish