Oʻzbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan yangi dori yaratdi

Saqlash
09:18 / 25.03.2023 1934 0

Oʻzbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan yangi dori yaratdi.

 

Ushbu dorining bir dozasi hozirda AQSHda 70 000 dollarga, Yevropada esa taxminan 25 000 dollarga sotilmoqda.

 

Oʻzbekistonda ushbu dorini respublikaning 3 ta onkologiya klinikasiga 1,5 ming dollardan yetkazib berish boshlandi.

 

 

Ikkinchi fotosuratda tanasi saraton metastazlari bilan qoplangan (chapda) va 2-3 oy davomida lutetium-177 PSMA-617 bilan davolashdan soʻng (oʻngda) 4 bemorning rasmlari koʻrsatilgan.

 

“Bu dori 2018-yildan boshlab bir nechta chet davlatlarda, har biri oʻzlari yaratgan texnologiya boʻyicha ishlab chiqarilib, tibbiyotda qoʻllanilib kelinmoqda. Biz oʻzimizda yaratilgan yangi texnologiya boʻyicha mazkur dorini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydik. Hozirgi kunda biz ishlab chiqarayotgan “litetsiy-177” nomli izotopimiz dunyodagi boshqa ishlab chiqaruvchilar mahsulotidan 10 barobar toza hamda yuqori sifatli radioizotop hisoblanadi.

 

Oddiy qilib aytganda, dunyoda bor dori vositasini takomillashtirib, oʻzimiz yaratgan texnologiya boʻyicha unga nisbatan sifatli va arzon mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydik”, — deydi Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Yadro fizika instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor Ilhom Sodiqov.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//