Madaniyat
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, yozuvchi va dramaturg Mengliboy Murodov vafot etdi.
Mengliboy Murodov 1942-yilning 15-mayida Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Shodibek qishlogʻida ziyoli oilasida tavallud topgan. Buxoro davlat pedagogika institutida (1961–1966) tahsil olgan.
Mengliboy Murodovning “Mehr” nomli birinchi sheʼriy kitobi 1966-yilda nashr etildi. Shundan soʻng u “Xosiyatli kun” (2001), “Diydor” (2002), “Yuragimda borin aytdim” (2005) nomli sheʼriy toʻplamlar, “Gunoh” (2008), “Savob” (2011) nomli romanlar, “Mening bola qalbim” (2009) qissasi, hamda “Koʻngildagi qoʻshiqlar” (2012), “Umidli dunyo” (2022) kitoblarini yozgan.
Adibning “Gunoh” romani respublikamiz mustaqilligining 17 yilligida oʻtkazilgan “Eng ulugʻ, eng aziz” koʻrik-tanlovida faxrli 3-oʻrinni olgan.
Oyina.uz tahririyati Mengliboy Murodovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q