Toshkent-Qarshi va Samarqand-Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
19:36 / 13.03.2023 1215 0

Toshkent-Qarshi, Samarqand-Toshkent yoʻnalishlarida qoʻshimcha, Samarqand-Shahrisabz yoʻnalishida esa birinchi marta tezyurar yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi, deya xabar bermoqda “Oʻztemiryoʻlovchi” kompaniyasi matbuot xizmati.

 

Bayram kunlarida yoʻlovchilarni tashish maqsadida 17-martdan 23-martgacha 767/768-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand “Afrosiyob” elektropoyezdi yoʻnalishida qoʻshimcha 6 ta reys harakati yoʻlga qoʻyiladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

 

767-sonli Samarqand-Toshkent yoʻnalishi: Samarqand 11:09-Toshkent 13:19;

 

768-sonli Toshkent-Samarqand yoʻnalishi: Toshkent 13:40-Samarqand 15:48.

 

20−21-mart kunlari 780/779-sonli Toshkent-Qarshi-Toshkent “Afrosiyob” elektropoyezdi yoʻnalishida qoʻshimcha 2 ta reys harakati yoʻlga qoʻyiladi.

 

Poyezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:

 

780-sonli Toshkent-Qarshi yoʻnalishi: Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21;

 

779-sonli Qarshi-Toshkent yoʻnalishi: Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.

 

Shuningdek, 20-mart sanasidan boshlab har kuni yangi 07/08-sonli Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yoʻnalishida tezyurar yoʻlovchi poyezd harakati yoʻlga qoʻyiladi va harakat jadvali quyidagicha boʻladi:

 

7-sonli “Shahrisabz-Samarqand” yoʻnalishi: Shahrisabz 07:03 — Samarqand 10:54;

 

8-sonli “Samarqand-Shahrisabz” yoʻnalishi: Samarqand 17:52 — Shahrisabz 21:22.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//