2023-yilgi “Oskar” mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Saqlash
09:03 / 13.03.2023 2060 0

AQSHda 95-Amerika kinosanʼati akademiyasi mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Los-Anjelesdagi Dolby teatrida “Oskar” haykalchalari oʻz egalariga topshirildi.

 

Gʻoliblar roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:

 

ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Jeymi Li Kyortis, (“Hammasi har joyda va birdan”);

 

ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Ke Hyui Kuan (“Hammasi har joyda va birdan”);

 

Eng yaxshi animatsion film: “Pinokkio Gilermo del Toro”;

 

Eng yaxshi operatorlik ishi: “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq”;

 

Eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassom: “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq”;

 

Eng yaxshi kostyumlar: “Qora pantera: abadiy Vakanda”;

 

Eng yaxshi grim va turmaklar: “Kit”;

 

Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film: “Irlandcha xayrlashuv”;

 

Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film: “Bolakay, Yumronqoziq, Tulki va Ot”;

 

Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film: “Fillarni qargʻovchilar”;

 

Eng yaxshi xorijiy film: “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” (Germaniya);

 

Eng yaxshi hujjatli film: “Navalniy”;

 

Eng yaxshi vizual effektlar: “Avatar: suv yoʻli”

 

Eng yaxshi qoʻshiq: Naatu Naatu “RRR: yonimizda inqilob kuylamoqda” (Hindiston)

 

Eng yaxshi musiqa: “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq”

 

Eng yaxshi rejissor(lar): Deniyel Kvan va Deniyel Shaynert (“Hammasi har joyda va birdan”);

 

Eng yaxshi aktrisa: Mishel Yeo (“Hammasi har joyda va birdan”);

 

Eng yaxshi aktyor: Brendan Freyzer (“Kit”)

 

Eng yaxshi film: “Hammasi har joyda va birdan”.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish