Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi vaqtinchalik koʻchirilgani va jamoat transporti mavjud boʻlmagani, bu esa xodimlarga noqulaylik tugʻdirayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qoʻmitaga koʻra, kelib chiqqan mazkur holat boʻyicha amaliy yordam soʻrab, Transport vazirligiga murojaat qilingan. Natijada 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yangi shahar jamoat transporti yoʻnalishini tashkil etish yuzasidan Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati transport boshqarmasi mutasaddi xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilgan.
Oʻrganish natijasiga koʻra, shifoxonadan 5-metro bekatigacha boʻlgan masofa 6,9 kilometrni tashkil etayotgani, shifoxonaga kelib-ketayotgan ishchi-xodimlarga noqulayliklar yuzaga kelayotgani sababli yangi avtobus yoʻnalishini tashkil etish maqsadga muvofiqligi maʼlum boʻldi.
Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi bergan maʼlumotiga koʻra, hozirgi kunda metro bekatidan Zangiotadagi klinikaga qadar 154-sonli yoʻnalish ishlab chiqilib, tenderga qoʻyilgan. Yoʻnalish tender oʻtkazilgandan soʻng 21-martgacha ishga tushiriladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining ushbu bayonotida shifoxona koʻchirilganmi, yoʻqmi batafsil maʼlumot berilmagan. Biroq Zangiotadagi klinikaga qatnaydigan avtobus yoʻlga qoʻyilishi haqidagi maʼlumotga koʻra, shifoxona hech qayerga koʻchirilmagan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109964
Jamiyat
94287
Jamiyat
90142
Jamiyat
73404
Jamiyat
//
Izoh yo‘q