Madaniyat
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Yuksak jangovar ruh – askarning yengilmas kuchi, armiyaning qudratidir!” shiori ostida o‘tkazilgan “Qo‘shinlar madhiyasi”, “Eng jangovar qo‘shiq” hamda “Eng jangovar chaqiriq va shior” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.
Unda Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamkorligida tashkil qilingan mazkur tanlovlarning hududiy bosqichi 2022 yilning oktyabr-dekabr oyida o‘tkazildi va unda jami 1178 nafar harbiy xizmatchilar, havaskor va professional ijodkorlar yangi ijod namunalari bilan ishtirok etdi.
Tanlovning Respublika bosqichi 2023 yilning 10-11 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovlarning hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan jami 80 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra “Eng jangovar qo‘shiq” hamda “Eng jangovar chaqiriq va shior” tanlovida 1, 2, 3- o‘rin g‘oliblari aniqlanib, munosib taqdirlandi. Shuningdek, “Qo‘shinlar madhiyasi” tanlovi “Motoo‘qchi qo‘shinlari”, “Tankchilar qo‘shinlari”, “Havo-desant qo‘shinlari”, “Artilleriya qo‘shinlari”, “Harbiy havo kuchlari”, “Maxsus operatsiya kuchlari”, “Razvedka qo‘shinlari”, “Aloqa qo‘shinlari”, “Qorovul qo‘shinlari” hamda “Chegara qo‘shinlari” yo‘nalishlarida bir nafardan ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, g‘olib ijrochilar safida qo‘shiq matni muallifi hamda bastakorlari ham taqdirlandi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q