Jamiyat
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadan Oʻzbekistonga pul joʻnatuvchilarni ogohlantirdi.
Soʻnggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan mehnat migrantlari orasida bank xizmatlari bilan bogʻliq turli firibgarliklarga duch kelish holatlari yuz bermoqda.
Xususan, qarindoshlariga pul oʻtkazish maqsadida mobil ilovadan foydalanish jarayonida mehnat migranti hisob raqamidan pul yechib olish yoki uning nomiga yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirish kabi muammolar uchramoqda.
Ushbu holatlar boʻyicha huquq-tartibot idoralari tomonidan qator surishtiruv ishlari boshlangan.
“Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan bank xizmatlaridan, xususan, pul oʻtkazish tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkor boʻlishni, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga maʼlum qilmaslikni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112425
Jamiyat
95083
Jamiyat
91301
Jamiyat
76001
Jamiyat
//
Izoh yo‘q