Jamiyat
Fargʻona yoʻli koʻchasini THAY bilan bogʻlovchi koʻprik yoʻli boʻyicha qoʻshimcha inshootlar barpo ishlari doirasida, 2023-yil 11-17-mart kunlari Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yoʻnalishidagi 6-bekat (Yangiobod bozori) va 7-bekat (Qoʻyliq bozori) oraligʻida poyezdlar harakati toʻxtatilishi haqida haqida xabar bergan edik.
Shu munosabat bilan, “Qoʻyliq dehqon bozori” soʻnggi bekatidan THAY, Rohat aylanma yoʻli, THAY orqali Yangiobod bozori bekatigacha harakatlanuvchi, yoʻlovchilarga pullik asosda xizmat koʻrsatuvchi “Qoʻyliq dehqon bozori – Yangiobod bozori” vaqtinchalik avtobus yoʻnalishi tashkil etiladi.
Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yoʻnalishidagi harakat jadvallari soni 4 ta, yoʻnalishning ish tartibi soat 5:00 dan 23:00 ga qadar etib belgilangan.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112425
Jamiyat
95083
Jamiyat
91301
Jamiyat
76001
Jamiyat
//
Izoh yo‘q