Jamiyat
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi III chorakning soʻnggi oʻqish kuni 18-mart (shanba) boʻlishi haqida maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qoʻshimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
“Shularni inobatga olib, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 18-mart (shanba) III chorakning soʻnggi oʻqish kuni boʻlib, IV chorak 27-mart sanasidan boshlanishini maʼlum qilamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q