Jamiyat
7-mart kuni soat 11:00 atrofida Andijon viloyati Jalaquduq tumanida 23 yoshli ayol oʻzini yoqib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, tumanning “Birlashgan” MFY Savob koʻchasida yashovchi, 1999-yilda tugʻilgan A.R. “Navoiy” mahallasidagi adirlik hududida qoʻlida boʻlgan poliyetilen idish (baklajka)dagi benzinni ustidan quyib, oʻzini yoqib yuborgan. Shu paytda oʻsha yerda boʻlgan fuqarolar tomonidan qutqarib qolingan.
Biroq u shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi.
Oʻz joniga suiqasd sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, qaror ijroga yuborilgan. Tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q