"Oʻzgidromet" sel kelishi, qor koʻchishi xavfidan ogohlantirdi

Saqlash
14:30 / 09.03.2023 1331 0

Bugun, 9-mart kuni respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «Oʻzgidromet» xabar berdi.


Qayd etilishicha, bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida esa yogʻingarchilik kutilmaydi.


Shuningdek, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22 daraja iliq boʻladi.


«Togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10 daraja iliq boʻladi», deyiladi «Oʻzgidromet» xabarida.


Poytaxt Toshkentda esa kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19 darajagacha iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//