Siyosat
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha hokimliklarda faoliyat yuritayotgan jami 5744 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Koʻrik Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda hokimliklar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan. Xizmatchilar 10 dan ortiq turdagi birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtdi.
Xulosalarga koʻra, hokimlik xodimlari oʻrtasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak-qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), koʻz va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlandi.
Endilikda kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga koʻrsatmalar yuborildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q