Toshkentda 10-martdan isitish davri yakunlanadi

Saqlash
15:03 / 07.03.2023 1520 0

Toshkent shahrida 10-mart kunidan 2022-2023-yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

 

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.

 

Qarorga ko‘ra, isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.

 

Mart oyidan havo harorati isigani va o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganini inobatga olgan holda, 2023-yilning 10-mart kunidan 2022-2023-yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilyapti.

 

Toshkent shahrida 2022-yil 24-oktabrdan ko‘p qavatli uylarni isitish boshlangan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//