Jamiyat
O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev hamda Qozog‘iston Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi raisi Talgat Lastayev rahbarligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, kelishilgan yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha quyidagi kelishuvlarga erishdi:
Ostona – Toshkent – Ostona hamda Olmaota – Toshkent – Olmaota yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish;
O‘zbekiston aviakompaniyalari muntazam yo‘lovchi qatnovlari uchun Qozog‘iston hududida qo‘shimcha 5 ta shahar (Qarag‘anda, Ust-Kamenogorsk, Pavlodar, Kokeshtau, Taraz) belgilash;
Qozog‘iston aviakompaniyalari muntazam yo‘lovchi qatnovlari uchun O‘zbekiston hududida qo‘shimcha 6 ta shahar (Qarshi, Farg‘ona, Buxora, Andijon, Navoiy, Termiz) belgilash.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112369
Jamiyat
95034
Jamiyat
91231
Jamiyat
75941
Jamiyat
//
Izoh yo‘q