Jamiyat
Hukumatning 2023 yil 4 martdagi farmoyishiga asosan 2023 yil 11 mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Farmoyishda aytilishicha, hashar Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkillashtiriladi.
Hashar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ehtiyojmand, ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joylarini yaxshilash va moddiy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratiladi.
Jamiyat
Sport
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
110833
Jamiyat
94464
Jamiyat
90385
Jamiyat
74305
Jamiyat
//
Izoh yo‘q