Orol dengizining sathi salkam 0,5 metrgacha koʻtarildi

Saqlash
19:30 / 06.03.2023 2848 0

Mutaxassislarning Qiziloʻrda viloyati hokimligi saytida eʼlon qilingan maʼlumotlariga koʻra, ayni paytda dengizdagi suv sathi 48 sm.gacha koʻtarilgan.

 

Orol-Sirdaryo havza inspeksiyasi boshligʻi Zeynulla Kaztoganovning soʻzlariga koʻra, hozirgi kunga qadar Shimoliy Orol dengizida toʻplangan suv hajmi 27,0 milliard kub metrdan 18,5 milliard kub metrgacha, suv sathi esa 40,42 mB (Boltiq dengizi metri)gacha kamaygan.

 

2022-yil oktyabr oyidan shu kungacha dengizdagi suv sathi 40,90 mBS yoki 48 sm.gacha koʻtarilgan, toʻplangan suv hajmi esa 19,7 milliard kub metrni tashkil qilgan.

 

Shuningdek, oʻtgan yilda Orol dengiziga kelib tushgan suv hajmi 816 million kub metrni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilning ikki oyida 803 million kub metr suv qabul qilingan.

 

Maʼlumot oʻrnida, Orol dengizi qurishi oqibatida ikkita suv havzasiga – Shimoliy va Janubiy Orolga ajralgan boʻlib, Shimoliy Orol Qozogʻiston hududida joylashgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//