Siyosat
2022-yil 17-avgust kuni Jidda shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati o‘rtasida xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Tashki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ belgilanganligi to‘g‘risida Saudiya Arabistoni tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan so‘ng uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida umumiy qiymati 14,8 mlrd dollarga teng 15 ta hujjat imzolangan.
Bular: bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim; Energetika vazirliklari o‘rtasida energetika sohasida hamkorlik bitimi; fan va texnologiya, fuqaro aviatsiyasi, turizm, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mehnat munosabatlari, qurilish, veterinariya va chorvachilik, axborot, farmatsevtika va diniy sohalardagi memorandumlar; Islom taraqqiyot banki bilan O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q