Ilm-fan
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga OTM bakalavriati kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar talabalar uchun Prezident granti tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlar toifasiga quyidagi talablar belgilanadi:
– birinchi kursda barcha fanlarni “aʼlo” baholarga oʻqigan boʻlishi;
– oʻqiyotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga oid konferensiya (tanlov)larda ishtirok etgan boʻlishi;
– davlat tili bilan bir qatorda kamida bitta xorijiy tilni (MDH mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) va Oʻzbekiston tarixini bilishi lozim.
– Talabgorlarni roʻyxatdan oʻtkazish Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “prezidentgranti.edu.uz” elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Talabgorlar uchun Davlat test markazi tomonidan xorijiy til va Oʻzbekiston tarixi fanlari boʻyicha maxsus test sinovlari oʻtkaziladi. Talabalarning maʼlumotlari va ularning hujjatlari oliy taʼlim muassasasi tomonidan har yili 2-sentyabrdan 10-sentyabrgacha jamlanadi.
Test sinovlarida har bir fan boʻyicha 50 tadan savol beriladi va har bir toʻgʻri javob 2 ball bilan baholanadi. Bunda, toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 200 ballni tashkil etadi. Oʻtkazilgan test sinovlari natijalariga koʻra har bir fan boʻyicha oʻtish balining quyi chegarasi 67 ballni tashkil etadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q