Siyosat
Ozarbayjonning Boku shahrida Qo‘shilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasi yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev sammit doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan suhbatda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Ras-al-Hayma amirligi amiri, BAA Oliy kengashi a’zosi shayx Saqr Al-Qosimiy bilan yetakchi kompaniyalarni yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishga jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
BMT bosh assambleyasi 77-sessiyasi raisi Chaba Kyoryoshi bilan yetakchi xalqaro tashkilotning 2023-yil sentabr oyida o‘tadigan yalpi sessiyasining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili UNWTO Bosh assambleyasining joriy yil 16—20-oktabr kunlari Samarqand shahrida o‘tadigan navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi. Turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturni amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q