Siyosat
Avval xabar berganimizdek, 12-noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida bir qator muhim masalalar, xususan, savdo, investisiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikasiyalar, ta’lim va madaniyat sohalaridagi ko‘p qirrali munosabatlarni har tomonlama kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Bu borada O‘zbekistonning kengashdagi harakatlari, taklif va tashabbuslari tashkilot a’zolari tomonidan e’tirof etildi.
— Avvalo janob Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonning yaqinda bo‘lib o‘tkan Prezident saylovidagi g‘alabasi bilan qardosh o‘zbek xalqini qutlayman. Bu g‘alaba turk dunyosi uchun ham xayrli bo‘lsin deyman. O‘zbekiston turkiy kengashga a’zo bo‘lgach juda faollik bilan takliflarni bildira boshladi. So‘nggi ikki yil ichida nafaqat madaniy, balki iqtisodiy jihatdan muhim tashabbuslar aynan O‘zbekiston tomonidan ilgari surilmoqda. Oliy darajadagi anjumanda “Turkiy dunyo nigohi-2040” strategik hujjati imzolandi. Turkiy davlatlar tashkiloti “Ulug‘ tarix, kuchli kelajak” shiori bilan ko‘plab yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning tranzit salohiyati O‘zbekistonga Yevropa bozorlariga chiqish imkonini beradi, — deydi Gizmet Gozalov, Turkiy davlatlar bosh kotibi o‘rinbosari.
— Bugungi kunda tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlikda Boku-Tibilissi-Qars temir yo‘li bilan bog‘liq transport yo‘lagini rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. “Turkiy dunyo nigohi-2040” hujjatining asosini siyosat va xavfsizlik, iqtisodiyot, xalq diplomatiyasi, tashqi sheriklik bo‘yicha hamkorlik kabi to‘rt yo‘nalish tashkil qiladi. Unga ko‘ra, qo‘shimcha qiymatga ega maxsulotlarni ishlab chiqarish, o‘zaro savdoni erkinlashtirish, sanoat kooperasiyasini kuchaytirish, yagona sarmoyaviy makonni yaratish, moliyaviy fondlarni tuzish ko‘zda tutilgan. Yashil va raqamli iqtisodiyotga o‘tish, energetika bozorini yaratish, vizasiz erkin harakatlanish kabi jihatlar ham faoliyatimizda e’tibor qaratiladigan asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi, — deya qo‘shimcha qildi u.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q