Siyosat
Oʻzbekistonda Ai-80 benzin narxi yil oxiriga qadar oshirilmaydigan boʻldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rahbari xabar bermoqda.
“Prezident qarori bilan joriy etilgan va 2022-yil 10-dekabrdan boshlab amal qilayotgan Ai-80 rusumli avtobenzin uchun aksiz soligʻini "nol” stavkada qoʻllashning amal qilish muddati ertaga, 2023-yil 1-mart kuni yakuniga yetishi kerak edi.
Davlatimiz rahbari tomonidan bugun imzolangan qarorga muvofiq, isteʼmolchilarning neft mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish hamda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan Ai-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz soligʻini “nol” stavkada qoʻllash muddati 2023-yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi", deyiladi xabarda.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112425
Jamiyat
95083
Jamiyat
91301
Jamiyat
76001
Jamiyat
//
Izoh yo‘q