Siyosat
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 40 yoshgacha boʻlgan mahalliy hokimiyat organlarida faoliyat yuritayotgan hokimlar roʻyxatini shakllantirdi. Unga 30 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan tashabbuskor hokimlar kiritildi.
Roʻyxatni 40 yoshli Termiz shahar, Uzun, Mirzaobod, Yakkasaroy, Qoʻshkoʻpir tumanlari hokimlari boshlab bergan. Eng yosh hokim esa Narpay tumani hokimi 30 yoshli Sherzod Raxmonov ekanini koʻrish mumkin.
Shuningdek, Akmal Ostonov (Qorovulbozor), Jaxongir Ibraximov (Yunusobod), Omirbay Usnatdinov (Nukus), Jaxongir Jumanov (Furqat), Raximjon Rixsiyev (Piskent), Shavkat Darvishev, Doʻstlik tuman hokimi – 39 yosh.
Toʻxtamurod Meyliyev (Kasbi), Nurshod Xudoyberdiyev (Mingbuloq), Joʻrabek Axmedov (Boʻstonliq), Ilyos Novikov, Qoʻshtepa tuman hokimi – 38 yoshda.
Ilhom Matkarimov, (Taxiatosh), Mashʼal Tajibayev (Xonobod), Jobir Abdullayev (Yangi Namangan), Mansurbek Alixanov (Asaka), Iqbolbek Matruziyev (Oltinkoʻl), Vosiljon Nazarov (Bagʻdod), Djamol Nasirov (Buxoro sh), Raxmatullo Gapparov (Qumqoʻrgʻon), Sherzod Ashurov, Gʻijduvon tumani hokimi – 37 yosh.
Anvar Davletov (Yangiariq tumani hokimi v.b.), Farrux Uktamjonov Sayxunobod tumani hokimi – 36 yoshda.
Xayot Inogamov (Yangihayot), Sherzod Yuldashev (Oʻzbekiston), Bobirbek Yuldashev (Marhamat), Yerlolat Yedenbayev, Moʻynoq tumani hokimi – 35 yoshda.
Angor tumani hokimi Shoxjaxon Abdullayev – 34 yosh, Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov – 33 yosh, Shirin shahar hokimi Sarvarbek Sultonov – 32 yoshda mahalliy hokimiyat organlarida rahbarlik faoliyatini olib borishmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q