Oʻzbekistonda kelgusi yildan «Ai-80» markali benzindan voz kechiladi

Saqlash
18:11 / 16.11.2021 674 0

Bu haqda «Oʻzbekneftgaz» AJ departament direktori Xushnudjon Mahmudov AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

 

“Ai-80” benzini asosan xalqimizni, isteʼmolchilarni oʻylab «Oʻzbekneftgaz» tomonidan ishlab chiqarilyapti va arzon narxda taklif etilyapti. Bugungi kunda ham ushbu markali benzin 6800-6900 soʻm atrofida sotilmoqda.

 

«Oʻzbekneftgaz» strategiyasiga koʻra, kelgusi yildan boshlab «Ai-80» markali benzindan bosqichma-bosqich voz kechiladi va yanada sifatli qilib ishlab chiqarish boʻyicha ish olib borilmoqda», deydi Xushnudjon Mahmudov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish