Siyosat
Joriy yilning 24-fevral kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Oʻzbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirda Toʻra Bobolov Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari va Oʻzbekiston tomoni ishbilarmonlar kengashi hamraisi sifatida ishtirok etigan.
Yigʻilishda Ozarbayjon Respublikasi Tadbirkorlar tashkilotlari milliy konfederatsiyasi prezidenti va ishbilarmonlar kengashi Ozarbayjon tomoni hamraisi Vugar Zeynalov, turli vazirlik va idoralar, shuningdek, ishbilarmon doiralar vakillari ham qatnashgan.
Tadbirning asosiy maqsadi Oʻzbekiston-Ozarbayjon oʻrtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalari boʻldi.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112425
Jamiyat
95083
Jamiyat
91301
Jamiyat
76001
Jamiyat
//
Izoh yo‘q