Hokimlarga ishonchsizlik votumini bildirish institutini tashkil etish taklif qilindi

Saqlash
17:28 / 27.02.2023 1027 0

Joriy yil 1-avgustga qadar “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamalarida yurtdoshlarimizdan 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan.

 

Adliya vazirligi taʼkidlashicha, takliflar orasida mahalliy Kengashlarga ham hokimlarga ishonchsizlik votumini bildirish vakolatini berish haqidagi taklif dolzarb ahamiyat kasb etadi.

 

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari, yaʼni hokimlarga nisbatan u yoki bu vakillik organi yoki tashkilot tomonidan ishonchsizlik votumini bildirish boʻyicha normalar oʻrnatilmagan.

 

Olingan statistik maʼlumotlarga koʻra mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2019-2021-yillarda jami 28 253 ta hujjatlari, shundan prokuratura, adliya va boshqa organlar taʼsir choralariga asosan 14 492 ta qaror va farmoyishlar bekor qilingan va 8 725 tasi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan, 5 036 tasi sud organlari tomonidan haqiqiy emas deb topilgan.

 

Mahalliy vakillik organlari vakolatlarini kuchaytirish, ularni tom maʼnoda xalq vakillari sifatida ijro organlari faoliyatiga huquqiy baho berilishi huquqiy asoslarini yaratish maqsadida hokimlarga va kengashga hisobot beruvchi shaxslarga ishonchsizlik votumini bildirish yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//