Jamiyat
Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi kiberjinoyatlar statistik maʼlumotlarini taqdim qildi va firibgarlardan himoyalanishning eng yaxshi usullari boʻyicha tanlov eʼlon qildi.
Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyat turlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni taqdim etdi. AOKAda oʻtkazilgan brifingida Saidkamol Sodiqov ushbu turdagi jinoyatlar haqida gapirdi.
Statistikaga koʻra, firibgarlar koʻpincha quyidagi usullardan foydalanadilar:
17% — Telefon qoʻngʻiroqlari davomida oʻzini toʻlov kompaniyasi (“Click” va b.) yoki bank xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirib, karta raqami va maxfiy kodini qoʻlga kiritish orqali;
34% — Moddiy yordam, onlayn kredit, yutuqli oʻyin gʻolibi kabi aldovlar bilan yuborilgan soxta havola orqali bank karta maxfiy kodni qoʻlga kiritish yoʻli bilan;
14% — Onlayn savdo platformalari orqali karta raqami va kodining oshkorlashtirilishi natijasida;
22% — Oldindan toʻlovlarni amalga oshirishga erishib, pullarni qaytarmasdan va kelishuvni bajarmasdan jabrlanuvchining mablagʻi qoʻlga kiritish yoʻli bilan;
9% — Soxta onlayn moliyaviy birjalar orqali (“Binans” va b.) sodir etilganligi aniqlangan;
Shuningdek, Umra uchun toʻplagan pullarini tasdiqlovchi kodni qoʻlga kiritish orqali.
Shu munosabat bilan IIV Kiberxavfsizlik markazi ushbu turdagi jinoyatlar va ularni himoya qilish usullari haqida aholini xabardor qilishga qaratilgan “CYBER 10 DAY” deb nomlangan kompleks targʻibot tadbirlarga start berildi.
Ushbu tadbirlar doirasida 1-martga qadar aholi oʻrtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashga hissa qoʻshadigan eng yaxshi 10 ta innovatsion yondashuvni aniqlash boʻyicha tanlovlar oʻtkaziladi.
Jumladan, ijodiy taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi monolog”, “Eng yaxshi sheʼr”, pensionerlar oʻrtasida “Bank kartam kodini hech kimga bermayman”, blogerlar oʻrtasida “Eng yaxshi kontent” tanlovlari oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlovlarda faol ishtirok etgan gʻolib va sovrindorlar Yoshlar ijod saroyida taqdirlanadi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q