Ichki ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Saqlash
14:29 / 23.02.2023 1129 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-fevraldagi qaroriga asosan polkovnik Shavkat Navro‘zovich Rahmonov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi

 

Tayinlovga qadar Sh.Rahmonov Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylangandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//