Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqda “YHXB jarima maʼlumotlar bazasi kiberhujumga uchradimi?” sarlavhasi ostida audioyozuv tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi holat boʻyicha izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, maʼlumotlar bazasiga hech qanday hujum boʻlmagan va barcha maʼlumotlar mavjud.
Maʼmuriy amaliyot boʻlimi va markaziy kompyuterlashtirilgan boshqaruv va aloqa xizmatining bazalari integratsiya qilinayotganligi sababli ayrim nosozliklar yuzaga kelmoqda.
YHXBB fuqarolardan ushbu holatni toʻgʻri tushunishlarini, ayrim norasmiy sahifa egalaridan esa shu kabi holatlarga oydinlik kiritmasdan oʻz sahifalarida asossiz izohlamasliklarini soʻraydi.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112417
Jamiyat
95075
Jamiyat
91289
Jamiyat
75987
Jamiyat
//
Izoh yo‘q