Prezident topshirigʻiga asosan birinchi marotaba Oʻzbekiston Milliy atlasi yaratildi

Saqlash
14:31 / 16.11.2021 983 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga asosan birinchi marotaba Oʻzbekiston Milliy atlasi yaratildi. Bu haqda Kadastr agentligi axborot xizmatiga xabar berdi.

 

Oʻzbekiston Milliy atlasi 416 ta xaritalarni oʻzida jamlagan 2 jilddan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining barcha sohalarini kartografik va matnli koʻrinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-maʼlumotnoma asari hisoblanadi.

 

Atlasda Respublikamizning “Tabiiy-geografik oʻrni va umumiy xususiyatlari”, “Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari”, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi”, “Aholisi”, “Ijtimoiy” va “Iqtisodiyot sohalari” hamda “Tarixi” aks ettirilgan.

 

Milliy atlas, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 100 dan ortiq mutaxassislari, Fanlar akademiyasining yetuk olimlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda oliy taʼlim va boshqa ilmiy maqomga ega boʻlgan tashkilotlardan jalb etilgan ekspertlar hamkorligida yaratildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//