Siyosat
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash borasida 2022-yilda amalga oshiriladigan dasturlar hamda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda kelgusi yilda kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish borasida koʻriladigan qator chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlum qilindi. Unga koʻra:
- oilaviy tadbirkorlik dasturlari, ishsiz aholi va yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, xizmat koʻrsatish sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun 13 trillion soʻm beriladi;
- paxta va gʻalladan boʻshaydigan 200 ming gektar maydonning 80 ming gektari aholiga beriladi;
- meva-sabzavot loyihalariga 100 million dollar va meva-sabzavot klasterlariga 2 trillion soʻm resurs yoʻnaltiriladi;
- aholi bandligini taʼminlashda 500 ming gektardan ziyod tomorqalardan samarali foydalanish uchun kelgusi yilda 100 million dollar yoʻnaltiriladi;
- aholi tomorqasida dehqonchilikni yoʻlga qoʻyish uchun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi.
“Hokim yordamchilari bu imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanib, tomorqasi boʻlgan xonadonlarda 100 ta parranda, 20 ta quyon, 5-6 ta qoʻy va echki, kamida 5-10 ta kurka, 5 ta asalari uyalari boqilishini tashkil etishga koʻmaklashishi lozimligi koʻrsatib oʻtildi”, deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q