Har bir hududda saylovoldi uchrashuvlarida xalqimiz bilan birga katta-katta marralarni belgilab oldik — Prezident

Saqlash
21:25 / 15.11.2021 943 0

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash borasida 2022-yilda amalga oshiriladigan dasturlar hamda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

Yigʻilish avvalida davlat rahbari kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash masalalariga toʻxtaldi.


«Har bir hududda saylovoldi uchrashuvlarida xalqimiz bilan birga katta-katta marralarni belgilab oldik.


Oldimizda turgan eng muhim vazifa - ushbu dasturlarni mahallagacha tushirib, ijrosini taʼminlash hisoblanadi.


Bugungi kunga qadar shakllangan dastur loyihalari eskicha qolipda tayyorlangan va birortasida “ega-kesim” yoʻq, birorta viloyat hokimi buni oʻzidan oʻtkazmagan.


Shu bois, kelgusi yil berilayotgan mablagʻlar va yaratilayotgan imkoniyatlar mahallaning ehtiyojidan kelib belgilanadi.


Bunda mahallada ish oʻrinlari yaratish va kambagʻallikni qisqartirish asosiy mezon boʻladi.

Bu ishlarni amalga oshirishga hokim yordamchilari masʼul boʻladi», - dedi Prezident yigʻilish avvalida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//