Jahon
Turkiyaning janubi-sharqidagi Qahramonmarash, Malatya, Shanliurfa va Gaziantep viloyatlarida 7,4 magnitudali zilzila tufayli yuzlab binolar qulab tushgan.
Mamlakat Favqulodda vaziyatlar davlat boshqarmasiga koʻra, zilzila Qahramonmarash viloyatining Pazarjik tumanida mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da (Toshkent vaqti bilan 06:17) 7 km chuqurlikda sodir boʻlgan. Shundan soʻng yer silkinishlari yarim soat davomida turli hududlarda – Adana, Anqara, Antaliya, Gaziantep, Kayseri, Mersin, Trabzon, Shanliurfada sezilgan.
“TRT Haber”ning maʼlum qilishicha, vayronalar ostida qolib ketgan insonlarni qutqarish ishlari olib borilmoqda. Hozircha 50 ga yaqin kishi halok boʻlgani aytilmoqda.
Mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilingan.
Zilzila kuchi, shuningdek, Livan, Iroq va Suriyada ham sezilgan, talafotlar borligi aytilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
110695
Jamiyat
94434
Jamiyat
90335
Jamiyat
74160
Jamiyat
//
Izoh yo‘q