Jamiyat
Uzbekistan Airways 2023-yil bahor-yoz navigatsiyasidan boshlab Toshkentdan Rossiyaning ikkita shahriga yangi yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnovlar sonini oshirmoqda, deya xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.
Kompaniya Тошкент-Omsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 26-martdan haftasiga bir marta, yakshanba kunlari, shuningdek, Toshkent-Nijniy Novgorod-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 28-martdan haftasiga ikki marta, seshanba va shanba kunlari muntazam parvozlarni amalga oshira boshlaydi.
“Sharqiy” xabni rivojlantirish loyihasi doirasida aviaqatnovlar soni Namangandan ham ko‘paytirilmoqda. Xususan, 27 martdan boshlab Namangan-Orenburg-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha ham parvozlar tiklanadi. Muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar haftada bir marta dushanba kunlari amalga oshiriladi.
31-martdan esa Uzbekistan Airways haftada bir marta, juma kunlari Namangan-Nijnevartovsk-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yadi.
“Toshkentdan, Namangandan parvoz qiluvchi yuqorida sanab o‘tilgan barcha aviaqatnovlar aviakompaniyaning kam budjetli yo‘lovchi aviatashuvchisi hisoblangan Uzbekistan Airways Express brendi ostida amalga oshirilib, aviatsiya bozorida yo‘lovchilar uchun hamyonbop narxdagi chiptalarni taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.
Aviachiptalarni kompaniyaning rasmiy saytidan 3 foiz chegirma bilan, Uzairways mobil ilovasi orqali hamda Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q