Jamiyat
Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 1-fevral kuni Andijon shahrida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
«Afsuski o‘z vaqtida So‘xdagi yerosti gaz saqlash inshooti ayrim sabablar bilan yopib qo‘yilgan edi. Qirg‘izistondagi davlat tashrifi chog‘ida Sadir Japarov bilan bu masalada ham kelishib oldik. Yaqinda energetika vazirimiz Qirg‘izistonga borib, texnik tomonlarini kelishib keladi», – deydi Prezident.
Shuningdek, O‘zAning energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovga tayanib ma’lumot berishicha, Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshootining hajmi taxminan 2,5-3 mlrd kub metr atrofida. Shundan 1,3 mlrd kub metr gazdan foydalanish mumkin, qolgani bufer zonada turadi. Bu degani qish mavsumida vodiyni har kuni 13 mln kub metr gaz bilan ta’minlash imkoniyati bo‘ladi.
«Mazkur inshootning asosiy gaz saqlash qismi Qirg‘iziston hududida joylashgan, kompressorlar esa O‘zbekiston hududida. Shu sababli inshootdan umumiy foydalanish borasida muzokaralar olib boriladi. Eng avvalo ishchi guruh barcha texnik va iqtisodiy tomonlarini batafsil o‘rganib chiqadi. Chunki inshootdan ancha yillardan buyon foydalanilmagan, hozirgi holatini yaxshilab o‘rganib chiqishimiz kerak. Shundan so‘ng shartlar kelishib olinadi. Balki bu ijara huquqi asosida bo‘lar, lekin hozircha biror fikr aytishga erta», – degan energetika vaziri.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q