
Jamiyat
Toshkent viloyati IIBB “Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish” boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan joylarda nazorat-reyd tadbirlari tashkil etilmoqda.
Unga koʻra, Bekobod tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan “Doʻstlik” MFYda yashovchi 1982 y.t. J.N. ning yashash xonadoni oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirilgan.
Xonadonda fuqaro (taxminiy) vazni 2 kg. gashish giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushlangan.
Shu kabi Bekobod shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan 13-dahada yashovchi 1990 y.t. X.P. ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, (taxminiy) vazni 50 gr. gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ushlangan.
Shu kunning oʻzida, Ohangaron shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan shahar 2-kichik tumanda yashovchi 1999 y.t. A.A. ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, (taxminiy) vazni 3 kg. “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, fuqaro protsessual tartibda qoʻlga olingan.
Maʼlum qilinishicha, yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan hududiy IIBlar tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q