2022-yildan «El-yurt umidi» stipendiatlaridan o‘zbek tili va adabiyotini bilish talab etiladi

Saqlash
16:37 / 14.11.2021 1004 0

12-noyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «El-yurt umidi» fondiga oid bir qator yangiliklar ma’lum qilindi. Xususan:

*Keyingi besh yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan xorijga o‘qishga yuboriladigan talabalar soni 700 nafarga yetkaziladi;

*Yangi tartibga ko‘ra, endi stipendiatlikka nomzodlarni saralash jarayonida ularning o‘zbek tili va adabiyotini bilish darajasiga ham e’tibor qaratiladi;

*Navbatdagi stipendiya tanlovi 2022-yil yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda;

*Endi stipendiatlikka nomzodlar uchun yuridik shaxslardan tashqari, jismoniy shaxslar ham (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi yoki ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslar) moliyaviy kafil bo‘la oladi;

*«El-yurt umidi» jamg‘armasi vasiylik kengashining 2021-yil 30-sentabrdagi qaroriga muvofiq, 272 o‘ringa mo‘ljallangan navbatdagi 3-stipendiya tanlovida 141 nafar nomzod stipendiat deb e’tirof etilgan. Qolgan o‘rinlar bo‘sh qolgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//