2022-2023-oʻquv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladi

Saqlash
21:40 / 01.02.2023 1995 0

Maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan jarayonlarni raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni oldini olish, shuningdek, oʻquvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022-2023-oʻquv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etilmoqda.

 

Hukumatning tegishli qarori asosida mazkur elektron shahodatnomaning davlat namunasi hamda shahodatnomalarni berish tartibi tasdiqlandi.

 

Ayni vaqtda elektron shahodatnoma platformasi (e-shahodatnoma.uz) ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazasiga integratsiya qilinmoqda.

 

Ushbu yangilik oʻquvchilarga qanday qulayliklar yaratadi?

 

Maktab bitiruvchilari endi oʻz shahodatnomasini yonida olib yurishi talab etilmaydi. Oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining (sobiq DTM) “ABITUR” dasturiga integratsiya qilingan holda hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.

 

Shu bilan birga bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning shaffofligi va haqqoniyligini taʼminlash uchun Adliya vazirligining Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish boʻlimlari hamda Personallashtirish agentligiga integratsiya qilinadi.

 

Maʼlumot uchun: elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushirilib, uni istalgan vaqtda elektron platforma orqali tekshirib olish yoki shahodatnoma yoʻqotib qoʻyilgan taqdirda dublikat olish uchun ovora boʻlmasdan shu zahotiyoq elektron bazadan qayta yuklab olish mumkin boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//