Jamiyat
O‘zgidromet xizmati bergan shoshilinch axborotga ko‘ra, 2−5 fevral kunlari Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlarida qor yog‘ib, yaxmalak yuzaga kelishi mumkin.
Keltirilishicha, A-373 Toshkent-O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovoni xududida va M-39 Toshkent-Shahrisabz-Termiz avtoyo‘lining Taxtaqoracha (Kitob) dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15 — 20 m/s gacha kuchayishi, yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, 2−6 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
– Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
– Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
– Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
– Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida;
– Namangan viloyati: Pop tumanida;
– Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilindi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q