Jamiyat
Toshkent shahrida 73 ta asosiy koʻchada avtobuslar uchun alohida yoʻlak tashkil etib, chorrahalar oʻtkazuvchanligini oshirish dasturi ishlab chiqildi. Bu haqda 31-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qilindi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Xabarda qayd etilishicha, “yoʻllarda jamoat transportining toʻsiqsiz harakatlanishini taʼminlash – dolzarb masala”.
“Toshkent shahrida 73 ta asosiy koʻchada avtobuslar uchun alohida yoʻlak tashkil etib, chorrahalar oʻtkazuvchanligini oshirish dasturi ishlab chiqildi. Bu orqali avtobuslarning oʻrtacha tezligi 1,5 baravar oshib, kechikishlar bartaraf etiladi”, — deyiladi xabarda.
Viloyatlar hokimlariga oʻz hududida poytaxtdagidek kabi transport infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlab, amalga oshirishni boshlash topshirilgan. Bunda yoʻl va chorrahalarda jamoat transportiga ustuvorlik berish, bekatlarda aholi va tadbirkorlarga sharoit yaratish zarurligi koʻrsatib oʻtilgan.
Toshkentda 20-dekabrdan boshlab jamoat transportlariga ustuvorlik beruvchi ajratilgan yoʻlaklarni chizish ishlari boshlangan edi. IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yoʻl-harakat xavfsizligi boshqarma boshligʻi Fazliddin Toshkenboyev poytaxtda 475 kilometrga yaqin 34 ta alohida avtobus yoʻlakchalari tashkil etilishini maʼlum qilgandi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q