Jamiyat
Samarqand viloyati IIB Tashkiliy boshqarma katta inspektori Alibek Ballasov koʻchadan ichida katta miqdorda pul boʻlgan sumka topib olgani toʻgʻrisida mahalliy kanallarda eʼlon bergan. Shundan soʻng fuqaro Timur Jamolidinov IIB inspektoriga aloqaga chiqib, sumka unga tegishliligini maʼlum qilgan. Bu haqida Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev xabar qildi.
“Mashinadan yuklarni tushirayotgan vaqtimda, ichida 8 ming dollar va 50 million soʻm pul boʻlgan sumkam tushib qolibdi. U pullarni yaxshi niyatda uy olish uchun yigʻayotgan edik. Ertalabgacha izlab topolmadik. Soʻng qoʻshnilardan soʻrab surishtirgach, guruhda Alibek aka sumka topib olgani haqida eʼlon bergani haqida xabar topdik. Eʼlon boʻyicha telefon qilganimda, mendan aniq summani soʻradilar, oʻsha summani aytganimdan soʻng menga sumkamni chiqarib berdilar”, deydi fuqaro Timur Jamolidinov.
IIB katta inspektori Alibek Ballasovning aytishicha, yakshanba kuni oilasi bilan dam olish maqsadida ketayotganda Samarqand shahar Shodiyona mahallasi 107-uyning oldida nomaʼlum sumkaga koʻzi tushadi. Sumkada katta miqdorda pul borligini koʻrib, ishni qonuniy maqsadda amalga oshirish uchun mazkur mahalla sud-profilaktika inspektori hamda mahalla raisi yoniga boradi. Shundan soʻng yaqin atrofdagi mahalla fuqarolarining telegram kanal va guruhlariga eʼlon beriladi.
“Eʼlondan asosiy maqsad pulni oʻz egasiga yetkazish edi”, deydi IIB katta inspektori Alibek Ballasov.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q