Siyosat
Istanbul shahrida 12-noyabr kuni Turkiy kengash kotibiyatining yangi binosi oldida bayroq koʻtarish marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va qardosh mamlakatlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Tantanali ravishda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston hamda Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari koʻtarildi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan tadbir ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish muhim ekanligini taʼkidladi hamda ushbu kotibiyat tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshirishda bundan buyon ham muhim oʻrin tutishiga umid bildirdi.
Turkiy kengash kotibiyati joylashgan bino XIX asr boshida barpo etilgan hamda Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
109942
Jamiyat
94284
Jamiyat
90132
Jamiyat
73380
Jamiyat
//
Izoh yo‘q