Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Istanbulda uchrashdi

Saqlash
19:39 / 12.11.2021 1140 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni tongda Istanbul shahrida oʻtayotgan Turkiy kengash sammiti doirasida oʻziga ajratilgan qarorgohda Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 

Davlat rahbarlarining joriy yil mart oyida Toshkentda oʻtgan uchrashuvi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

 

Savdo-iqtisodiy hamkorlik barqaror surʼat bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmlari ortmoqda, aviaqatnovlar koʻpaymoqda. Mashinasozlik, elektrotexnika, energetika, qishloq xoʻjaligi, logistika va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan yangidan tashkil etilgan Qoʻshma investitsiya jamgʻarmasi resurslarini jalb qilgan holda istiqbolli kooperatsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.

 

Madaniy almashinuvlar kengaymoqda, muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

 

“Xitoy – Qirgʻiziston - Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish loyihasini jadal ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//