O‘zbekistonda oilaviy ajrashishlar keskin ko‘paydi

Saqlash
17:15 / 19.01.2023 1966 0

Statistika agentligi 2022-yilda O‘zbekistonda qayd etilgan nikohdan ajralish holatlari haqida ma’lumotini taqdim qildi.

 

Agentlik keltirayotgan raqamlar o‘tgan yilgisi bilan taqqoslanganda 24 foizga oshgani ko‘rinadi.

 

Ya’ni, 2022-yilda O‘zbekistonda jami 48 734 ta oila nikohdan rasman ajrashgangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 39 227 tani tashkil qilgan. 

 

Bu esa 2022-yil uchun har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promillega to‘g‘ri kelishini anglatadi.

 

Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni eng ko‘p – Toshkent shahri –(5 901 ta) hamda Farg‘ona (5 445 ta) va Toshkent (5 098 ta) viloyatlarida kuzatilgan.

 

Shuningdek: 

 

  • Andijon viloyati – 5019 ta 
  • Samarqand viloyati – 4907 ta 
  • Namangan viloyati – 4394 ta  
  • Qashqadaryo viloyati – 3472 ta
  • Surxondaryo viloyati – 2810 ta 
  • Buxoro viloyati – 2561 ta 
  • Xorazm viloyati – 2138 ta 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 2067 ta  
  • Sirdaryo viloyati – 1764 ta
  • Jizzax viloyati – 1728 ta  
  • Navoiy viloyati – 1430 ta  

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022-yilning dekabrida qariyb 4 mingta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgani aytilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//