Jamiyat
Shavkat Mirziyovning Singapurga davlat tashrifi doirasida farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha ikkita kelishuv bitimi imzolandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu mamlakatning Meinhardt Group kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan Loyihalashtirish va injiniring markazi bilan immunobiologik preparatlar ishlab chiqaruvchi, umumiy qiymati 49 million dollarga teng farmatsevtika korxonasi ochilishi belgilandi.
Unga muvofiq, O‘zbekistonda kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonida qo‘llanadigan quyidagi preparatlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:
– vaksina, anatoksin, probiotik va eubiotiklar;
– immunoglobulin va immun zardoblari, gen injenerligi yo‘li bilan olingan monoklonal antitanalar;
– immun korreksiyasi, immun tanqisligi muolajasi va profilaktikasida qo‘llanadigan immunomodulyatorlar (interleykin, interferon, timus gormonlari, miyelopeptidlar, o‘sma nekrozi omili, o‘sish omillari va boshqalar).
Bundan tashqari, «SiPiDji Interneyshnl» kompaniyasi hamkorligida ochilayotgan O‘zbekiston-Singapur investitsiya korxonasi bilan ildiz hujayralari asosida dori vositalari tayyorlovchi biofarmatsevtika kompleksini tashkil etishga qaratilgan qiymati 100 million dollarlik loyihani ro‘yobga chiqarishga kelishildi.
Loyihaning amalga oshirilishi tufayli onkologik kasalliklar muolajasi, ko‘mik to‘qimalari transplantologiyasi hamda markaziy asab tizimi hujayralarini tiklashda qo‘llaniladigan biofarmatsevtik vositalar ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi, — deyiladi xabarda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q