Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti, sirk ustasi Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligining axborot xizmati maʼlum qildi.
Xakim Zaripov 1924-yilning 17-sentabrida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1947-yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan.
“O‘z mehnat faoliyatini 1942-yilda “O‘zbek davlat sirki” respublika birlashmasida chavandoz sifatida boshlagan Hakim Zaripov sirk sanʼati sirlarini yoshlarga o‘rgatib, yarim asrdan ziyod jahon arenasida tomosha ko‘rsatib kelayotgan Zaripovlar sulolasi vakillaridan biri edi. U umri davomida sirk manejida “yashadi” va 1946 – 1997-yillar davomida sirk sanʼatining ustasi, iqtidorli chavandozi, hayvon o‘rgatuvchisi, masxaraboz, kino aktyori, kaskadyor sifatida jahon sirki tarixidan munosib o‘rin egalladi” deyiladi xabarda.
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Iqtisod
                  Siyosat
                  Jamiyat
             109695
          Jamiyat
             94081
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73019
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q