Ilm-fan
Farg‘ona viloyatida fizika fanidan buyuk mutafakkir Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi birinchi xalqaro olimpiada o‘tkazildi.
Xalq ta’limi vazirligi, viloyat hokimligi hamda boshqa idoralar bilan birgalikda tashkil etilgan mazkur tanlovda Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ummon, O‘zbekistondan 130 nafar 9-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Shuningdek, Malayziya, Turkiya kabi 12 ta davlat vakillari olimpiadada onlayn qatnashib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Ishtirokchilar dastlab, 8-noyabr kuni Ahmad al-Farg‘oniy haykali poyiga gul qo‘yishdi. So‘ng Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida xalqaro olimpiadaning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda fizika fanidan birinchi bor o‘tkazilayotgan xalqaro olimpiada eng kuchli, bilimli va iqtidorli yoshlar safini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi va ishtirokchilarga omad tiladi.
Ikki kun davom etgan olimpiadada qatnashchilar o‘z bilimlarini hakamlar hay’ati oldida sinovdan o‘tkazishadi. Natijalarga ko‘ra, 56 nafar o‘quvchi g‘olib deb topildi. Jumladan, O‘zbekistonlik o‘quvchilar olimpiadada bitta oltin, ikkita kumush, beshta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Bugun tongda horijlik ishtirokchilar o‘z yurtlariga jo‘nab ketishdi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q