Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Rio-2016 olimpiadasi g‘olibi Fazliddin G‘oibnazarovning ovda aks etgan video va suratlari tarqaldi. Holat yuzasida Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, o‘rganishlar davomida 2022-yilning 30-dekabr kuni Toshkent viloyati Bekobod tumani Sirdaryo daryosida fuqaro X.U tomonidan qushlar ovlangani va o‘ljalar bilan bevosita boshqa fuqarolar bilan birgalikda sportchi F. G‘oyibnazarov ham foto va videotasvirga tushganligi o‘z tasdig‘ini topdi.
O‘rganishlar davomida ovni amalga oshirgan fuqaro X.U ning ov qilishga tegishli hujjatlari mavjudligi, u ovchilik jamiyatidan ro‘yxatdan o‘tganligi aniqlandi.
Biroq, u ov jarayonida belgilangan me’yorlarga amal qilmagan holda ov qilish qoidalarini qo‘pol tarzda buzganligi va bu bilan tabiatga zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasiga asosan, huquqbuzarga nisbatan jarima va hayvonot olamiga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanib, ov qurollari Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIBga belgilangan tartibda topshirilgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan barcha ishtirokchilardan bunday holat boshqa takrorlanmasligi to‘g‘risida tushuntirish xatlari olinib, profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q