Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining oʻtkazilish sanasi maʼlum qilindi

Saqlash
17:11 / 10.11.2021 754 0

Kollej va texnikumlarga kirish uchun test sinovlari 12-17-noyabr kunlari oʻtkaziladi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Sardor Usmonov maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, imtihonlar 2 smenada tashkil qilinadi. Test sinovlari 1-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar hamda 2-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar boʻlib oʻtadi. Test sinovlari kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va tarix)dan oʻtkaziladi.

 

Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 20 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan jami 70 ta test topshirigʻini ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi. Maksimal ball – 189 ball boʻlib, mutaxassislik fanlari boʻyicha har bir toʻgʻri javob uchun 3,15 balldan (jami 126 ball), majburiy fanlar boʻyicha esa 2,1 balldan (jami 63 ball) beriladi.

 

Talabgorlar ruxsatnomalarini Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish